Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

"Real" yozda asosiy e’tiborini himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaratishi ma’lum bo‘ldi

"Real" yozda asosiy e’tiborini himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaratishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

2024/2025 yilgi mavsum davomida "Real" mudofaa chizig‘ida kadrlar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi va kelmoqda. Shu jihatni inobatga olgan madridliklar yozgi transferlar davrida kuchayishni rejalashtirmoqda.

"Real"ning transfer maqsadi "Tottenxem" markaziy himoyachisi Kristian Romero bo‘lib turibdi, deya xabar bermoqda TEAMtalk. Nufuzli Transfermarkt portali 26 yoshli argentinalikni 65 million yevroga baholamoqda.

Shuningdek, "Real" o‘ng qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu yerda klub erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan Trent Aleksandr-Arnoldni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Agar kelishuv barbod bo‘lsa, unda "qaymoqranglilar" "Tottenxem"dan Pedro Porro variantiga o‘tadi. 25 yoshli ispaniyalik 45 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 20:02, 15.03.2025.
O'qildi: 2106 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик