Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Abduqodir Husanovga “Gelik” sovg‘a qilindi (video)

Abduqodir Husanovga “Gelik” sovg‘a qilindi (video)

Baho:
+-1 | -

O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi futbolchisi Abduqodir Husanovga Mersedes-Benz G-Glass (Gelendvagen) rusumli avtomashina sovg‘a qilishdi.

Futbolchi bugun, 17 mart kuni O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati saralash uchrashuvlari doirasidagi Qirg‘iz Respublikasi va Eronga qarshi uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi. Shundan keyin himoyachiga narxi taxminan 350 ming dollar turadigan avtomobilni sovg‘a qilishgani haqida video va fotolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, asli qozog‘istonlik o‘zbek futbol funksioneri Ulug‘bek Asanbayev qimmatbaho avtomobilni may oyida oila qurishni mo‘ljallayotgan Husanovga to‘yona qilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoalar fan-klubi raisi va bloger Abdurahmon Fozilovning xabar berishicha, Husanov JCH saralashi doirasidagi 25 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Eronga qarshi bahsdan keyin Angliyaga qaytib ketadi.

"Uning Tehrondan Manchesterga xavfsiz qaytishi uchun “shaharliklar” rahbariyati Eronga samolyot jo‘natadi", — deydi Abdurahmon Fozilov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash uchrashuvlari uchun bugun, 17 mart kuni yig‘inga kirishadi. “Oq bo‘rilar” 20 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi maydonga tushsa, 25 mart kuni Tehrondagi “Ozodiy” stadionida Eron bilan o‘ynaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:13, 17.03.2025.
O'qildi: 5759 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.