Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Mirzad Mexanovich: «Nasaf»ga qarshi o‘yinda yigitlarning yuragi yonib o‘ynashlari juda ham yoqdi»

Mirzad Mexanovich: «Nasaf»ga qarshi o‘yinda yigitlarning yuragi yonib o‘ynashlari juda ham yoqdi»

Baho:
+ | -

«Andijon»ning “Bobur arena”da «Nasaf»ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvi ortda qoldi va barchada iliq taassurot qoldirdi.

Durang qayd etilgan bahsda «Andijon» futbolchilarining jonbozligi, ishtiyoqi hamda faolligi ko‘zga tashlandi.

Jamoaga yangi qo‘shilgan bosniyalik legioner Mirzad Mexanovich ham o‘zidan iliq taassurot qoldirmoqda va muxlislarning olqishiga sazovor bo‘lyapti.

«Nasaf»ga qarshi bahsdan keyin Mirzad «Andijon» matbuot xizmati uchun intervyu berdi.

— Mirzad, birinchi marta “Bobur arena”da o‘ynadingiz va bu ochilish uchrashuvi edi. Atmosfera haqida qanday tasavvur qigandingiz?

— Avvalo, bizni qo‘llash uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislarimizga kattakon rahmat aytmoqchiman. Rostini aytsam, shunday muhitni kutgandim. Chunki bu yerning ishqibozlari O‘zbekistonda birinchi raqamli tomoshabinlar hisoblanishini ko‘p eshitgandim. Bunga o‘zim guvoh bo‘ldim.

— 1:1 natijasi bilan yakunlangan uchrashuv borasida nima deya olasiz?

— Aytish kerak, biz bu o‘yinni yutishni istagandik. Bu orqali muxlislarimizni baxtiyor qilish maqsadimiz bor edi. O‘ylaymanki, bellashuvlarni yomon o‘tkazmadik va maydonda borimizni berib to‘p surdik. Ayniqsa, ikkinchi bahsda jonbozlik ko‘rsatdik, axir chempionlarga qarshi to‘p surdik.

— Faoliyatingiz davomida ko‘plab klublarda o‘ynagansiz va bu kabi muxlislikni oldin yana qayerlarda ko‘rgansiz?

— Bizda — Bosniyada “Jeleznichar Sarayevo”ning fanatlari shunaqa. Shuningdek, «Ordabasi»da o‘ynab yurgan kezlarimda bizni qo‘llash uchun stadionga 20 ming ishqiboz tashrif buyurgandi. Bu yerda har bir uy o‘yinimiz uchun stadion doim ishqibozlarimiz bilan to‘lib toshishini eshitdim. Bunga o‘zim ham bevosita guvoh bo‘ldim. Bunday qo‘llab-quvvatlashdan keyin jamoa ham 100 foiz to‘liq kuch bilan o‘ynaydi.

— Uchrashuv davomida sizga yana nimalar yoqdi?

— Menga yigitlarning yuragi yonib o‘ynashlari juda ham yoqdi. Jamoada yangilar ko‘p va bir-birimizni tushunib olish uchun biroz vaqt talab qiladi. Shuni ishonch bilan aytamanki, o‘yindan-o‘yinga o‘tib borgani sayin biz bir-birimizni so‘zsiz tushuna boshlaymiz.

— May oyida Superkubok o‘yinida aynan «Nasaf» bilan o‘ynaymiz. Endi siz ham ushbu raqibni yaxshiroq bilasiz...

— Superkubokkacha hali uzoq va bu haqda o‘ylashga erta. Biz uchun eng asosiysi, «Navbahor»ga qarshi o‘yin haqida o‘ylash va shunga tayyorlanish. Xudo nasib qilsa, yangi mavsumdagi ilk g‘alabani aynan o‘sha bahsda qo‘lga kiritamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:16, 18.03.2025.
O'qildi: 1364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.