Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Islom Ismoilov: «Osiyo kubogi 1-turi uchun taktikani sinovdan o‘tkazdik»

Islom Ismoilov: «Osiyo kubogi 1-turi uchun taktikani sinovdan o‘tkazdik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov Qatarga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvi haqida o‘z fikrini bildirdi.

"13 martdan boshlab Qatarda yig‘in boshlaganmiz. Bugun Qatarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdik. Bu jamoa Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadi.

Bu Osiyo kubogiga tayyorgarlik yo‘lidagi asosiy o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi. Osiyo chempionatining 1-turida Tailandga qarshi qanday o‘ynashimiz kerakligini sinovdan o‘tkazish uchun Qatarga qarshi bahsda maydonga tushdik. Umuman olganda, futbolchilar ikkila bo‘limda ham yaxshi harakat qilishdi. Lekin o‘zimizga yarasha xato va kamchiliklarimiz bor.

Quvontiradigan tomoni esa, hujumda golli vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi va biz ularni golga aylantira oldik. Lekin, bugun gol o‘tkazmagan bo‘lsak-da, kamchiliklar ko‘zga tashlandi. Osiyo kubogigacha hali oldimizda 2 hafta vaqt bor. Bu vaqt mobaynida qolgan kamchiliklarni ham to‘g‘rilashga harakat qilamiz", — dedi Ismoilov.  

Ma’lumot o‘rnida. U17 Osiyo kubogi 3-20 aprel kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi "A" guruhida Tailand (3 aprel), Saudiya Arabistoni (6 aprel) va Xitoy (9 aprel)ga qarshi bahslarda ishtirok etadi. Chorak finalga chiqqan 8 jamoa Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:54, 18.03.2025.
O'qildi: 1940 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик