Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi chorak finalining birinchi o‘yinida Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Hisob 9-daqiqada ispaniyalik hujumchi Niko Uilyams tomonidan ochildi. Mezbonlar 28-daqiqada Kodi Gakponing goli evaziga hisobni tenglashtirishdi. 46-daqiqada Tidjani Reynders niderlandlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ronald Kuman shogirdlari o‘yinni o‘n kishi bilan yakunladi - Yorrel Xato 82-daqiqada qizil kartochka oldi. Uchrashuv yakunida Mikel Merinoning goli mehmonlarga durang keltirdi.
Javob o‘yini 23 mart kuni Ispaniyada bo‘lib o‘tadi.