Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Martines: "Bu Portugaliyaning so‘nggi ikki yildagi eng yomon o‘yini bo‘ldi"

Martines: "Bu Portugaliyaning so‘nggi ikki yildagi eng yomon o‘yini bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Roberto Martinesning fikricha, Portugaliya Daniyaga qarshi o‘z darajasida o‘ynay olmadi.

Millatlar ligasi 1/4 finalining ilk uchrashuvida portugaliyaliklar 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

"Bu so‘nggi ikki yildagi eng yomon o‘yinimiz bo‘ldi. Gap o‘yin rejasida emas, aksincha, tajovuzkor muhitda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmaganimizda. Lekin bizga bunday o‘yinlar kerak. Daniya samarali o‘ynadi va Diogu Koshta javob o‘yinida bizga ishonch berdi. Endi bizga muxlislarimiz kerak bo‘ladi.

Bizga shiddat va jamoaviy ish yetishmadi. Daniya bizdan ustun edi, lekin ba’zida himoyadagi individual futbolchilarning yaxshi o‘yinlari tufayli qiyinchiliklarga duch keldik. Lekin yaxshilanish uchun bizga shunday o‘yinlar kerak. Millatlar ligasining chorak finaliga chiqdik, ammo bugun o‘z darajamizda o‘ynamadik, Daniyaga o‘yinda hisobni ochishga imkon berdik va ko‘pincha to‘pni yo‘qotib qarshi hujumlarga yo‘l qo‘ydik. Lekin bizda yana bir imkoniyat bor va muxlislar o‘z darajamizni ko‘rsatishi kerak.

Biz o‘yinni nazorat qilishimiz, gol urishimiz kerak va bizga bu etishmadi. Daniya tezkor hujumlar uyushtirish va markaziy maydonga to‘rt-beshta futbolchini joylashtirishni aniq o‘ylagan edi. Biz kechikdik, ammo Renatu Veyga, Ruben Diash va Diogu Koshtaning munosabati va o‘yini bizni ikkinchi o‘yinda kurashda ushlab turdi", dedi Portugaliya bosh murabbiyi.

Kiritildi: 11:00, 21.03.2025.
O'qildi: 931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.