"Manchester Yunayted" forvardi Rasmus Xyoylunn yozgi transferlar vaqtida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda TBR Football xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, hozirda 22 yoshli daniyalik futbolchiga uchta da’vogar bor - Germaniyaning "Bayer" va "RB Leypsig", shuningdek, Italiyaning "Yuventus" klublari. Ta’kidlanishicha, Xyoylunning vakillari allaqachon futbolchining ketishi ustida ishlamoqda.
Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.