"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Chempionlar Ligasi joriy mavsumi finalida "el-klasiko" o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
Chorak finalda "ko‘k-anorranglilar" Dortmundning "Borussiya"si bilan, "qaymoqranglilar" esa Londonning "Arsenal" klubi bilan kuch sinashadi.
"Real" bilan Chempionlar Ligasi finali? Ha, men bunga rozi edim. Biz hech kimdan qo‘rqmasligimiz kerak," - deya Pedrining so‘zlarini keltiradi ispan OAV.