Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Atalanta" yulduz vingeriga narx belgiladi

"Atalanta" yulduz vingeriga narx belgiladi

Baho:
+ | -

"Atalanta" yozgi transfer oynasida o‘z hujumchisi Ademola Lukmanni qancha summaga qo‘yib yuborishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi.

Tuttomercato xabariga ko‘ra, bergamoliklar jamoasi 60 million yevrolik taklif olsa, nigeriyalik futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin. Lukmanga "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya ta’kidlaydi manba.

Joriy mavsumda 27 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda 18 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, uning hisobida yettita assist mavjud. Lukmanning "Atalanta" bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 12:03, 26.03.2025.
O'qildi: 754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик