Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe "Real" o‘yinchilari orasida bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichga ega

Mbappe "Real" o‘yinchilari orasida bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichga ega

Baho:
+1 | -

Madridning "Real" klubi hujum chizig‘i yetakchisi Kilian Mbappe yana o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fransuz Karlo Anchelotti jamoasiga La Liganing 29-turida o‘z maydonida "Leganes"ni mag‘lub etishga yordam berdi (3:2). "Qaymoqranglilar" hujumchisi 32-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochgan bo‘lsa, 76-daqiqada jarima zarbasidan g‘alaba to‘pini kiritdi. Ispaniya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe joriy mavsumda 12-marta o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi - bu "Real"ning barcha futbolchilari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Yulduz hujumchi "qirollik klubi"da debyut mavsumini o‘tkazmoqda. Uning hisobida joriy mavsumda 45 ta uchrashuvda kiritilgan 33 ta gol bor.

Kiritildi: 10:43, 30.03.2025.
O'qildi: 955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.