Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum

Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum. Bu haqida sportchining o‘zi Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, 17 may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las Vegas shahridagi “UFC Apex” majmuasida navbatdagi UFC Fight Night turniri tashkil etiladi. Oqshom doirasida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev ham oktagonga chiqadi. Sportchining navbatdagi raqibi — amerikalik Dastin Stolsfus. 

Nursulton Instagram sahifasida jangni tasdiqlab, mazkur suratni joyladi va uni quyidagicha izohladi: “Las-Vegas. 17 may. Tez orada ko‘rishguncha!”

Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboyev shu vaqtga qadar UFC’da 4 ta jangdan 3 tasida g‘alaba qozonib, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan edi. 17 may kuni Ro‘ziboyev uchun UFC’dagi 5-jangini o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:43, 31.03.2025.
O'qildi: 879 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик