Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 19:00 Andijon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Surxon 1-3 Lochin
13/05 19:00 Paxtakor 6-3 Nasaf
13/05 19:00 OKMK 12-1 Navoiy FA
13/05 22:00 Valyadolid 0-1 Jirona
13/05 23:00 Real Sosyedad 0-1 Selta
14/05 00:30 Sevilya 1-0 Las-Palmas
14/05 22:00 Alaves - Valensiya
14/05 22:00 Vilyarreal - Leganes
15/05 00:30 Real Madrid - Malyorka
15/05 22:00 Rayo Valyekano - Betis
15/05 22:00 Osasuna - Atletiko

Abbosbek Fayzullayevning agenti uni Yevropaga qachon ketishi mumkinligini aytdi

Abbosbek Fayzullayevning agenti uni Yevropaga qachon ketishi mumkinligini aytdi

Baho:
+3 | -

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini 2023 yilning avgustidan beri SSKAda to‘p tepayotgan iqtidorli legionerimiz Abbosbek Fayzullayevning Yevropaning top-ligalariga qachon o‘tishi qiziqtirib keladi.

O‘tgan muddat davomida Abbosga “Parma”, “Bavariya”, “Monako”, “Real Sosyedad” kabi klublardan qiziqish bo‘lgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Bu masala hamon muhokamalarning eng dolzarb mavzusi bo‘lib turibdi.

Pro Sports Management promouterlik kompaniyasi rahbari German Tkachenko jurnalistlarga bergan intervyusida Abbosbek Fayzullayevning kuchli ligalarga yo‘l oladigan davri kelganini ma’lum qildi.

— SSKA bosh murabbiyi Marko Nikolichning jamoa o‘yinini qishda o‘zgartirib, “romb” uslubiga o‘tkazgani Abbosga nima berdi?
— Fayzullayevning o‘zining o‘yin uslubiga qo‘shimcha xarakteristikalarni qo‘shdi. U yangi pozisiyada o‘ynay olish qobiliyati, kurashish imkoniyati va himoyaviy harakatlarni amalga oshira olishga qodirligini namoyish qildi.

Aslida bu sifatlarning bari Abbosda bor edi, endi ularni qo‘llash va ko‘rsatish payti keldi. Avval Fayzullayev raqobatchisiz o‘ynardi, hozir tarkibga kirish uchun raqobat juda yuqori. Buni uddalasa, futbolchi sifatida yanada kuchaygan bo‘ladi.

— Qishda Abbos haqiqatan ham ketishi mumkinmidi?
— Biz buni reja qilmagan edik. “Benfika” bilan aniq transfer masalasi ko‘tarilmagan, faqat muhokama boshlangan edi.

— Fayzullayevga oldinga qadam bosish davri qachon keladi?
— Yaqinlashib kelayotgan yozda. Biroq bu kelajak borasida bizning o‘y-xayollarimiz xolos. Biz yozda aniq ketamiz, degan qaror chiqarmaganmiz, hammasi SSKAga, xaridorga va hamma tomonlarning kelishuviga bog‘liq.

— Fayzullayevga “Bavariya” qiziqqan edi, shunaqa qiziqishlar hali ham o‘z kuchidami?
— Juda ko‘p. Biroq bular hali muzokara darajasiga ko‘tarilmagan. Klublar nomini aytmayman, buni to‘g‘ri tushunasiz, degan umiddaman. Lekin bu faqat top-liga!

Abbos — arzonbaho futbolchi emas, uning darajasi keyingi qadamni tashlash uchun juda jiddiy munosabatlarni talab qiladi.

— Hozirgi sharoitda, SSKA pul evaziga qanday qilib o‘yinchini Yevropaga transfer qilishi mumkin?
— Bu juda qiyin masala. Vaziyat murakkab – SSKA sanksiyalar ro‘yxatida, banklarda klub nomiga belgi qo‘yilgan, atrofda axboriy shov-shuv katta. Ammo bunaqa qiyinchiliklarga qaramay, transferni amalga oshirish imkoni bor. Biz bridge-liga, ya’ni Abbos Yevropaga yo‘l olishidan oldin muayyan muddat boshqa chempionatga o‘tib turish variantini ham nazarda tutib turibmiz.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Abbosbek Fayzullayev 2023 yilning avgust oyida SSKA jamoasiga ko‘chib o‘tdi va qisqa fursatda Rossiya Premyer-ligasining eng yorqin iste’dodlari qatoriga qo‘shildi.

21 yoshli hujumkor futbolchimiz hozirga qadar “armiyachilar” safida barcha turnirlarda 60 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga sakkizta gol va 21 ta assist rasmiylashtirdi. Bu muvaffaqiyatlar ortidan Fayzullayevning transfer summasi 8 million yevroga ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Abbos “Manchester Siti” vakili Abduqodir Husanovdan keyin O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning eng qimmat ikkinchi futbolchisi hisoblanadi.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 11:22, 03.04.2025.
O'qildi: 4951 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.