Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriya. "Inter" ochko yo‘qotdi

A Seriya. "Inter" ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 31-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Simone Indzagi boshchiligidagi "Inter" "Parma" bilan kuch sinashib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. 
 
Uchrashuvning 15-daqiqasida Darmian hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘nggida Tyuram hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 
 
Ikkinchi bo‘limning 60 va 69-daqiqalarida Bernabe va Ondreyka hisobni tenglashtirib, "nerazzurilar"ni g‘alabadan mahrum qilishdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "Inter: hozirgi kunda 31 ta o‘yindan so‘ng 68 ochko to‘plagan holda, peshqadamlik qilmoqda.

Ikkinchi o‘rindagi "Napoli" esa bu turdagi o‘z bahsini o‘tkazmasdan turib, 64 ochko to‘plab raqibini quvib kelmoqda.

Kiritildi: 23:13, 05.04.2025.
O'qildi: 531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик