Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Manchester Siti" istiqbolli futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

"Manchester Siti" istiqbolli futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Niko O'Rayli klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashi mumkin.

20 yoshli futbolchi "shaharliklar"ning Premyer-ligadagi so‘nggi ikki o‘yinida, jumladan, "Manchester Yunayted"ga qarshi yakshanba derbisida (0:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola chap qanot himoyasida yosh inglizni o‘ynatmoqda. SunSport xabariga ko‘ra, "Siti" rahbariyati allaqachon O'Rayli bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Agar hammasi reja bo‘yicha ketsa, o‘yinchi besh yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.

Umuman olganda, Niko barcha musobaqalarda "Manchester Siti"ning asosiy jamoasi safida 12 ta o‘yinda 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 05:56, 07.04.2025.
O'qildi: 522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик