Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

World Boxing joriy yil bir qator yirik turnirlarga tashkilotchi bo‘ladi

World Boxing joriy yil bir qator yirik turnirlarga tashkilotchi bo‘ladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, yaqinda hamyurtlarimiz boks bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogi bellashuvlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 5 ta oltin, 2 ta kumush va bitta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Bu bilan delegasiyamiz vakillari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. World Boxing havaskor boksning yangi tashkiloti bo‘lib, bu yil turnirlar hajmini kengaytiradi. 

Mart oyida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi boksni 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlariga rasman kiritdi. Dastlab, boks 2028 yilgi o‘yinlar ro‘yxatiga qo‘shilmagandi. Bunga havaskor boksni qariyb 100 yil boshqargan Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) atrofida yuzaga kelgan muammolar sabab bo‘lgan. Biroq 2019 yilda ketma-ket korrupsiya va moliyaviy mojarolardan so‘ng XOQ IBA`ni tashkilotchilikdan chetlatdi.

Bunga 2012 yilda London va 2016 yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan o‘yinlardagi pora va kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq mojarolar sabab bo‘lgan. 2018−2019 yillarda tashkilotga AQSH sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan o‘zbekistonlik tadbirkor G‘ofur Rahimov rahbarlik qilgan.

Bugungi kunda IBA`ni rossiyalik tadbirkor Umar Kremlyov boshqarmoqda, uning yagona homiysi esa Rossiyaning «Gazprom» davlat konserni hisoblanadi.

Biroq 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha musobaqalar XOQning maxsus ishchi guruhi rahbarligida o‘tkazilishi «bu sport turining Olimpiya harakati uchun ahamiyatini namoyish etgan».

Bundan buyon Olimpiya boksini rivojlantirish 2023 yilda tashkil etilgan World Boxing xalqaro boks federasiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Hozirgi vaqtda uning tarkibiga 84 ta milliy federasiya, shu jumladan, O‘zbekiston ham kiradi.

World Boxing avvalroq 2025 yil uchun musobaqalar taqvimini e’lon qilgandi. Ushbu ro‘yxatga Jahon chempionatining 4 bosqichi, World Challenge turniri va Jahon chempionati kiradi:

30 mart — 7 aprel: Jahon kubogi (Braziliya)

3−7 iyun: World Challenge turniri (Chexiya);

30 iyun — 7 iyul: Jahon kubogi (Qozog‘iston);

21−27 iyul: Jahon kubogi (Mezbon davlat keyinroq e’lon qilinadi);

4−14 sentyabr: Jahon chempionati (Angliya);

15−22 sentyabr: Jahon kubogi (Hindiston).

Kiritildi: 13:00, 07.04.2025.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик