Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Ilhom Abdug‘aniyev: «Kiritgan golim jamoa uchun g‘alaba goli bo‘lganidan nihoyatda xursand bo‘ldim»

Ilhom Abdug‘aniyev: «Kiritgan golim jamoa uchun g‘alaba goli bo‘lganidan nihoyatda xursand bo‘ldim»

Baho:
+ | -

«Andijon» 6 aprel kuni O‘zbekiston Superligasining 4-turi doirasida “Bobur arena”da Muborakning «Mash’al» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bilasiz, ushbu o‘yinda yagona gol 7-daqiqada yarim himoyachi Ilhom Abdug‘aniyev tomonidan kiritildi. Albatta, bellashuv oson kechgani yo‘q. Shunday bo‘lsada, «Andijon» dastlabki g‘alabasiga erishdi. Yagona gol muallifiga aylangan Abdug‘aniyev muborakliklarga qarshi o‘tgan bahs borasida klub matbuot xizmatiga shunday dedi:

“Bu yilgi mavsumdagi birinchi g‘alabamiz. Hammamizga muborak bo‘lsin. To‘g‘ri, uchrashuv oson bo‘lmadi. Jamoamiz uch turdan beri g‘alaba qozona olmayotgani uchun bu o‘yinda faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga tushgandik. Natijada shuni bosimi ham bo‘ldi, deb o‘ylayman. Xudoga shukurki, g‘alaba qozondik va shu bilan bir qatorda stadionga kelgan barcha muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ob-havo noqulay bo‘lishiga qaramasdan bizni oxirigacha qo‘llab-quvvatlashdi”.

G‘alaba uchun ba’zida bir nechta gol ham yetmay qolishi mumkin. Yana ba’zida birgina gol ham uch ochkoga kifoya qiladi. Maydonga tushayotganda har bir futbolchi jamoasining muvaffaqiyatga erishishi uchun munosib hissa qo‘shish istagida bo‘ladi. Ilhom ham hal qiluvchi golni urdi va u bunday bo‘lishini bahsdan avval hayoliga keltirganmi?

“Kiritgan golim jamoa uchun g‘alaba goli bo‘lganidan nihoyatda xursand bo‘ldim. Uchrashuvdan avval hammani o‘ziga yarasha niyati bo‘ladi. Jamoaga foyda keltiradigan gol yoki golli vaziyat yaratishni istaydi. Albatta, bu narsa mening ham hayolimdan o‘tgandi. Xudoga shukurki, niyatga yarasha gol urishga erishdim”, - deydi Abdug‘aniyev.

Shu o‘rinda Ilhom «Andijon»ga raqib bo‘lgan Muborakning «Mash’al» jamoasi xususida ham fikrlarini aytib o‘tdi:

«Mash’al» jamoasi juda yaxshi taassurot qoldirdi. Bu yil Superligaga qaytgan bo‘lsa ham tajribali o‘yinchilari yetarlicha va o‘yin tempini yaxshi his qila oladilar. «Mash’al» bu yil raqiblariga yaxshigina bosh og‘riq bo‘ladi, deb o‘ylayman”.

«Andijon» jamoamizning navbatdagi o‘yini 13 aprel kuni Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. «Burgutlar» endi butun e’tiborini mazkur o‘yinga qaratishgan. Abdug‘aniyev esa bo‘lajak uchrashuv oldidan quyidagilarni ma’lum qildi:

“Xudo xohlasa, «Paxtakor» bilan o‘yinga yaxshi kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rib, bo‘lajak o‘yinda ham g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Shunday uchrashuvlardagi g‘alabalar jamoa uchun juda ham kerak. Mashg‘ulotlarda mehnat qilib, murabbiylar taktikasi va muxlislar qo‘llab-quvvatlashi orqali bu o‘yinda ham g‘alabani birga nishonlaymiz, degan umiddaman”, - deya fikrlarini yakunladi, Ilhom Abdug‘aniyev.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 15:16, 08.04.2025.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.