Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldu muammoga duch keldi

Ronaldu muammoga duch keldi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronalduning Marokashdagi mehmonxonasida yong‘in chiqdi.

Hodisa 5 aprel kuni sodir bo‘lgan. Bino ichidagi alanga kuchaymasidan oldin o‘t o‘chirish xizmati xodimlari voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni nazorat qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Morocco World News ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in u qadar katta bo‘lmagan. Xavfsizlik xizmatining tezkor harakatlari sababli barcha mehmonlar va ishchilar binodan xavfsiz evakuasiya qilingan.

Manbaga ko‘ra, alanga muvaffaqiyatli o‘chirildi va mehmonxonaning boshqa qismlariga tarqalmasligi uchun barcha zaruriy choralar ko‘rildi. Jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.

2022 yili ochilgan «Pestana CR7» mehmonxonasi hozirda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Kiritildi: 16:22, 08.04.2025.
O'qildi: 2097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик