Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Bavariya" "Real"dan ildamroq chiqmoqchi

"Bavariya" "Real"dan ildamroq chiqmoqchi

Baho:
+ | -

Milosh Kerkez "Bornmut"dagi ishonchli o‘yinlari tufayli Yevropadagi eng talabgir chap qanot himoyachilaridan biriga aylandi. Uning Premyer-ligadagi muvaffaqiyati Yevropa grandlarini ham e’tibordan chetda qoldirmadi. “Real” va “Bavariya” vengerni anchadan buyon diqqat bilan kuzatib turishibdi. Madridliklar bir necha oy oldin qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, myunxenliklar faolligi voqealar rivojini o‘zgartirishi mumkin.

Ingliz klubi futbolchiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini tushunib turibdi va mavsum yakunlanganidan keyin uni saqlab qola olmaydi. So‘nggi haftalarda muzokaralarni kuchaytirgan "Bavariya" Kerkez ularning tizimiga va o‘yin falsafasiga juda mos kelishiga amin. Klub transferni ta’minlash uchun katta sarmoya kiritilishini istisno etmayapti.

Joriy mavsum Milosh Kerkez "Bornmut" safida barcha turnirlar doirasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:42, 08.04.2025.
O'qildi: 3213 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик