Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Grand Slam Tour 2025. Magnus Karlsen chorak finalda Nodirbek Abdusattorovni tanladi

Grand Slam Tour 2025. Magnus Karlsen chorak finalda Nodirbek Abdusattorovni tanladi

Baho:
+ | -

Fransiyaning Parij shahrida shaxmat bo‘yicha Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025 turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.

Birinchi kungi bahslarda 4 g‘alaba, 2 durang qayd etgan shaxmatchi 5 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan edi. 8 aprel kuni ikkinchi kungi bahslar o‘tkazildi. Unda Abdusattorov Arjun Erigaisi, Magnus Karlsen va Rameshbabu Pragnanandha kabi shaxmatchilarga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, hindistonlik amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju ustidan g‘alaba qozondi. Hikaru Nakamuraga qarshi bahsda tomonlar durang o‘ynab, 0,5 ochkodan bo‘lishib oldi.

Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, 5 ta g‘alaba, 3 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan Nodirbek turnir jadvalida 5-o‘rinni egalladi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ta’kidlash kerakki, 1—8-o‘rinlarni egallagan sportchilar chorak final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

Turnir jadvalida dastlabki 4 o‘rinni qo‘lga kiritgan shaxmatchilar chorak finalda o‘ziga raqib tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 9,10,11,12-o‘rin egalari 9-11 o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

2-kungi bahslar yakunlangach, 4 sportchi o‘ziga raqib tanladi. Unga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov chorak finalda dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi.

Chorak final juftliklari:

Magnus Karlsen — Nodirbek Abdusattorov
Yan Nepomnyashchiy — Vinsent Keymer
Fabiano Karuana — Maksim Vashe-Lagrav
Arjun Erigaisi — Hikaru Nakamura

Chorak finalning dastlab bahslari bugun, 9 aprel kuni o‘tkaziladi. Shaxmatchilar pley-off bosqichida "klassik" vaqt nazoratida o‘ynashadi. Ikki o‘yin natijasida durang qayd etilsa, blis formatida g‘olib nomi aniqlanadi. Unda ham g‘olib aniqlanmasa, "armagedon"ga murojaat qilinadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:58, 09.04.2025.
O'qildi: 1356 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.