Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Grigoriy Kolosovskiy: «Yaratilgan vaziyatlardan foydalanishimiz juda qiyin bo‘lmoqda»

Grigoriy Kolosovskiy: «Yaratilgan vaziyatlardan foydalanishimiz juda qiyin bo‘lmoqda»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy Proliganing 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "FarDU"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yin to‘laqonli jangovar ruhda o‘tdi. Ikkala jamoa ham g‘alaba qozonishni istadi. Kurashlar juda ko‘p bo‘ldi. Ikkala darvoza yonida ko‘plab vaziyatlar yuzaga keldi. Yaratgan vaziyatlarimizdan foydalandik, ha, ammo barchasidan ham emas. Yana shunday holat: yaratilgan vaziyatlardan foydalanishimiz juda qiyin bo‘lmoqda. Kurashlar ko‘p bo‘lgani uchun o‘yin vaqti kamroq bo‘ldi. «FarDU» o‘z maydonida ochko olishga harakat qildi. Favorit sifatida maydonga tushdik, kurashdik va omadimiz keldi.

— Vladimir Kozak nega zaxirada qoldirilmoqda?
— Bu uning jismoniy holati bilan bog‘liq. Kichik jarohati sababli unga dam bergandik. Uni keyingi o‘yinga tayyorlayapmiz. Kim tayyor holatda bo‘lsa, o‘sha o‘ynaydi. Va albatta, raqibdan ham kelib chiqamiz. Bugun kurashlar ko‘proq bo‘lishini kutgan holda qo‘l ostimizdagi optimal tarkibimizni maydonga tashladik. Qayerlardadir ishlar o‘xshadi, qayerlardadir esa yo‘q. Ibrohim Yo‘ldoshevga sekinlik bilan o‘yin amaliyoti beryapmiz, hali u o‘yinlarga to‘laqonli tayyor emas. Barchaga imkoniyat beramiz. Shunchaki bundan foydalanish kerak.

— «Lokomotiv»ning ushbu mavsum Pro-liga va kubokdagi vazifasi qanday?
— Oldin ham aytganimdek, kubokda eng avvalo guruhdan chiqishimiz kerak. Qolgani qur’aga qarab aniqlanadi. Ligada esa asosiy favorit bo‘lib turibmiz. Tabiiyki, birinchi o‘rinni olib, Superligaga chiqishni istaymiz.

— Yosh hujumchi Muhriddin Zoirov haqida qanday fikrdasiz?
— U Siz aytganchalik yosh emas. Unga ham imkoniyat beryapmiz. U ham bundan foydalanishi kerak. Hujumchilar to‘pni ushlab tura olishi, ortga qaytishi va vaziyatlardan foydalana olishi kerak. Hozirgi holatda biz undan ko‘proq zarbalarni so‘rayapmiz. Barchaga imkoniyat beramiz, mavsum endi boshlandi. Kim optimal holatda bo‘lsa, o‘sha o‘ynaydi.

— «Lokomotiv»ni g‘alaba bilan tabriklayman. «FarDU» haqida fikringiz qanday?
— Qiziqarli jamoa. Murabbiylar shtabi ham yaxshi, ular oldin futbol o‘ynashgan va futbolda yaxshi fikrlashadi. Ularda ham reja qilgan barcha ishlari o‘xshamadi. Lekin jamoaning oldinga intiluvchanligi yuqori darajada. Ushbu jamoaga keyingi o‘yinlarda omad. Tarkib ham yaxshi. Tajribali futbolchilar ham bor, yoshlar ham yetarlicha. Tarkibda bemalol katta raqobat amalga oshirsa bo‘ladi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 23:17, 12.04.2025.
O'qildi: 588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.