Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Arteta: "Parti borasida tavakkal qilgim kelmadi"

Arteta: "Parti borasida tavakkal qilgim kelmadi"

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta "Brentford"ga qarshi o‘yinda (1:1) Tomas Partining almashtirilganini tushuntirdi.

Ganalik yarim himoyachi shanba kungi o‘yinda "kanonirlar"ning yagona goliga 61-daqiqada mualliflik qilgan bo‘lsa, 69-daqiqada jarohati gumon qilinib, almashtirildi.

"Tomas biroz noqulaylik his qildi, biz uning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni xohlamadik. Men hali shifokorlar bilan gaplashmadim" - dedi Arteta o‘yindan keyingi intervyusida.

"Arsenal" 16 aprel chorshanba kuni "Real Madrid"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final javob o‘yini uchun "Santyago Bernabeu"ga yo‘l oladi. Eslatib o‘tamiz, birinchi uchrashuv londonliklarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangandi – 3:0.

Kiritildi: 10:47, 13.04.2025.
O'qildi: 858 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик