Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Braziliyalik biznesmen Anchelotti bilan muzokaralarda qatnashmoqda

Braziliyalik biznesmen Anchelotti bilan muzokaralarda qatnashmoqda

Baho:
+ | -

Karlo Anchelotti yaqin kelajakda ish joyini o‘zgartirishi mumkin. Matbuotda italiyalik mutaxassis tez orada - Ispaniya kubogi finalida "Barselona"ga qarshi o‘yindan so‘ng (26 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin) "Real" boshqaruvidan ketishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Anchelottining keyingi jamoasi Braziliya terma jamoasi bo‘lishi mumkin. Sky Sports xabariga ko‘ra, kelishuvda Karlo bilan aloqada bo‘lgan braziliyalik biznesmen Roberto Fernandes vositachilik qilishga urinmoqda. Uning jarayondagi ishtiroki "strategik" deb ta’riflanadi.

Shu bilan birga, Braziliya futbol konfederasiyasi terma jamoaning iyun oyidagi yig‘iniga qadar yangi murabbiy tayinlashi muhimligi qayd etilgan. Iyun oyida Braziliya terma jamoasi JCH-2026 saralashida Ekvador va Paragvayga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:38, 17.04.2025.
O'qildi: 702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик