Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Flik "Barselona" nega "Borussiya"ga yutqazganini tushuntirdi

Flik "Barselona" nega "Borussiya"ga yutqazganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Dortmundning "Borussiya"si bilan Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida jamoaning mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.

Uchrashuv 1:3 hisobida yakunlangan bo‘lsa-da, birinchi o‘yindagi 4:0 hisobida yirik hisobdagi g‘alaba evaziga kataloniyaliklar turnirning yarim finaliga yo‘l olishdi.

"Oxirgi ikki haftada nechta o‘yin o‘tkazganimizni bilasizmi? Menda hech qachon bunday jadval bo‘lmagan. Dam olishga vaqtimiz yo‘q. Dortmundda unchalik yaxshi o‘ynamadik, ammo yarim finalga chiqdik. Bu normal holat", dedi Flik.

"Barselona" va "Inter" o‘rtasidagi Chempionlar ligasining birinchi yarim final uchrashuvi 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:59, 18.04.2025.
O'qildi: 2277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик