Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

La liga. «Barselona» superkambekni amalga oshirib, 90+8-daqiqada urilgan gol evaziga «Selta» mag‘lub etdi

La liga. «Barselona» superkambekni amalga oshirib, 90+8-daqiqada urilgan gol evaziga «Selta» mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 32-turidan o‘rin olgan «Barselona» va «Selta» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu bellashuv Kataloniyadagi «Olimpik Lyuis Kompanis» stadionida bo‘lib o‘tdi. «Barselona» dramatik kechgan o‘yin 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi hisobni 12-daqiqada «Barselona» hujumchisi Ferran Torres ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, «Selta» forvardi Borxa Iglesias hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limning 52 va 62-daqiqalarda Iglesias yana ikki gol urdi va xet-trik qayd etdi. 64-daqiqada Dani Olmo javob goli urib, hisobni 2:3 ko‘rinishiga olib keldi. 68-daqiqada esa Rafinyaning goli natijani tenglashtirdi.

O‘yinga vaqtiga qo‘shib berilgan 90+8-daqiqada Rafinya penaltidan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi va dubl rasmiylashtirdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Barselona» 32 uchrashuvdan keyin 73 ochko jamg‘argan holda Ispaniya chempionligi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda. «Real» bir o‘yin kam o‘tkazgan bo‘lsa-da, 7 ochkoga ortda qolmoqda. «Selta» esa 43 ochko bilan jadvalda 7-o‘rinda bormoqda.

Ispaniya — Primera divizion. 32-tur  
«Olimpik Lyuis Kompanis», Barselona
Barselona — Selta 4:3  
Gollar:
12' — 1:0 Ferran Torres  
15' — 1:1 Borxa Iglesias  
52' — 1:2 Borxa Iglesias  
62' — 1:3 Borxa Iglesias  
64' — 2:3 Dani Olmo  
68' — 3:3 Rafinya  
90+8' — 4:3 Rafinya (penalti)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:10, 19.04.2025.
O'qildi: 1820 marta.
Fikrlar: 214 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.