Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Konte: "Napoli" hamon "Inter" bilan kurash olib borayotganiga aql bovar qilmaydi"

Konte: "Napoli" hamon "Inter" bilan kurash olib borayotganiga aql bovar qilmaydi"

Baho:
+ | -

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya 33-turidan o‘rin olgan "Monsa"ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Neapolliklarga uch ochkoni 72-daqiqada Skott Maktominayning goli keltirdi. Konte jamoasi hisobida 71 ochko bor - bu turda hali o‘ynamagan peshqadam "Inter" bilan bir xil.

"Biz o‘yinni nazorat qilishga harakat qildik, rejaga amal qildik, ammo shu bilan birga bizga raqib jarima maydonida futbolchilar yetishmadi, shuning uchun golli vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi.

Kim nima deyishidan qat’i nazar, biz hamon "Inter" bilan kurashayotganimizni aql bovar qilmaydigan fakt deb hisoblayman. Bu kutilmaganda, hayratlanarli, hech kim mavsum boshida bunday ssenariyni oldindan ko‘ra olmagan. Bizga ko‘p narsa qarshi, lekin biz qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengib o‘tmoqdamiz. Futbolchilar maqtovga loyiq," - dedi Konte o‘yindan keyingi intervyusida.

Kiritildi: 08:41, 20.04.2025.
O'qildi: 592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик