Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Olmaliqning “OKMK” jamoasi 100 yoshli muxlisini taqdirladi

Olmaliqning “OKMK” jamoasi 100 yoshli muxlisini taqdirladi

Baho:
+ | -

Angren shahrida 18 aprel kuni Birinchi liga yangi mavsumining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda 2-tur doirasida “OKMK-Semurg‘” — “Andijon FA” (2:0) uchrashuvi ham o‘tkazildi.

Tadbirda o‘zbek futboli faxriylari Birodar Abduraimov, To‘lagan Isoqov, O‘FA maslahatchisi Rahmiddin Zikriyayev va “OKMK” PFK prezidenti Abdulla Xursanov, “OKMK” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va taniqli futbol shahrlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayevlar ishtirok etishib, angrenlik futbol muxlislariga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.

Ushbu bahs katta futbol bayramiga aylandi. Bunga sabab “OKMK” jamoasi o‘zining 100 yoshli muxlisi — Anorboy ota Jalilovni taqdirladi.

Chorak asrdan so‘ng Angrenga qaytgan futbol muhitida Anorboy ota ham ishtirok etib, yangi jamoaga omad va yuqori natijalar tilab, duo qildi.

Ta’kidlash lozim, “OKMK” PFK uchun bunday fidokor muxlislar qadrlidir. Anorboy ota butun umrini jamoa o‘yinlaridan ko‘z uzmay, har bir lahzani chin dildan kuzatib kelayotgan muxlis hisoblanadi.

II jahon urushi faxriysi Anorboy ota Jalilov imkon topganida doimo stadionda bo‘lib, aksar hollarda esa oynai jahon orqali jamoaga chin dildan muxlislik qilib keladi.

Angrenga qaytgan katta futbol

Ma’lumki, Angren shahrida futbol sevishadi. Bunga sabab esa 2000 yillarda Angren “Semurg‘” jamoasining oliy ligadagi muvaffaqiyatli odimlari va yorqin o‘yinlari misoldir. O‘sha yillarda “Semurg‘” milliy chempionatimizning grandlari bo‘lgan “Neftchi”, “Navbahor”, “Paxtakor” jamoalari uchun kuchli raqiblardan biri edi. Angrenda Ilyos Zeytullayev, Aleksandr Geynrix, Islom Inomov kabi mashhur futbolchilari yetishib chiqqan...

Bundan tashqari, “OKMK” PFK qoshida “OKMK-Semurg’" jamoasi tashkil etildi. O‘zida 8000 muxlisni sig‘dira oladigan “Kimyogar” stadioniga haqiqiy katta futbol qaytdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:20, 21.04.2025.
O'qildi: 714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик