Italiya kubogida bugun yarim final doirasidagi "Inter" - "Milan" javob uchrashuvi o‘tkaziladi.
Tomonlar ilk o‘yinda 1:1 hisobida durang o‘ynagan.
Bugun "Inter" safida jarohat sabab Valentin Karboni, Denzel Dyumfris, Markus Tyuram va Pyotr Zeliniski o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
"Milan" tarkibida esa Ruben Loftus-CHik va Emerson Royal bahsda ishtirok etmaydi.













