Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

O‘zbekiston va Indoneziya futzal mas’ullari hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Indoneziya futzal mas’ullari hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi

Baho:
+ | -

Kecha Osiyo kubogi musobaqasi munosabati bilan Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston hamda Indoneziya delegasiya rahbarlarining ikki mamlakat o‘rtasida futzal turini yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish omillari yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Indoneziya futzal federasiyasi raisi Michael Sianipar qit’ada futzali rivojlangan mamlakatlar milliy terma jamoalari o‘rtasida xalqaro turnir tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilayotganligini qayd etib o‘tdi. Turnirga allaqachon Tailand, Yaponiya singari milliy terma jamoalar taklif etilganligini ma’lum qildi va o‘z navbatida Osiyoning etakchi jamoalaridan biri O‘zbekiston milliy terma jamoasini ham Jakartada o‘tadigan musobaqada ko‘rishdan baxtiyor bo‘lishini ta’kidladi.

Janob Michael Sianipar shuningdek, qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turniri – Osiyo chempionlari kubogi musobaqasiga muqobil turnir o‘tkazish g‘oyasini ham o‘rtaga tashladi va bu borada O‘zbekiston chempionining ishtiroki yuzasida taklif kiritdi.

Har ikka tomon uchun samarali kechgan muzokaraning uzviy davomi tez orada O‘zbekiston hamda Indoneziya futzal federasiyalari birinchi rahbarlari miqyosida tashkil etilishiga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida, O‘zbekiston futzal federasiyasi terma jamoalar departamenti boshlig‘i Rustam Zuparov Indoneziya futzal federasiyasi raisi Michael Sianiparga esdalik sovg‘alari topshirdi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 09:08, 08.05.2025.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.