Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Siti" "Real" hujumchisi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda

"Siti" "Real" hujumchisi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yozgi transferlar davrida jamoa tarkibini kuchaytirish bo‘yicha rejalar tuzmoqda. Defensa Central xabariga ko‘ra, "shaharliklar" "Real" hujumchisi Rodrigoga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Siti" Rodrigo bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Angliya Premyer-ligasi klubi ma’lum bir summani taklif qiladi, keyinroq esa "Real" bilan kelishuvga erishish uchun uni oshirishi mumkin.

Qayd etilishicha, agar futbolchining o‘zi so‘rasa, "Real" Rodrigoni sotishga tayyor bo‘ladi. Avvalroq, braziliyalik futbolchi muhimroq rol o‘ynaydigan jamoaga o‘tmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

24 yoshli Rodrigo nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 100 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 13:35, 08.05.2025.
O'qildi: 1548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик