Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Liverpul" de Bryuynega taklif bilan chiqqani rostmi?

"Liverpul" de Bryuynega taklif bilan chiqqani rostmi?

Baho:
+ | -

"Liverpul" "Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti, deya xabar bermoqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn.

33 yoshli belgiyalik futbolchi mersisaydliklarning ba’zi futbolchilari, xususan, Virjil van Deyk bilan do‘st. Orshteynning ta’kidlashicha, ular de Bryuyneni jamoada ko‘rishdan xursand bo‘lishadi.

Biroq, "Liverpul" futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi haqidagi har qanday gap-so‘zlar asossiz hisoblanadi.

Avvalroq Janluka Di Marsio de Bryuynega "Liverpul" va "Napoli" qiziqish bildirayotgani haqida yozgandi.

33 yoshli belgiyalikning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Avvalroq, ushbu kelishuv uzaytirilmasligi va Kevin de Bryuyne mavsum yakunida klubni tark etishi rasman ma’lum bo‘lgandi.

Bu mavsumda yarim himoyachi klub miqyosida 36 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:39, 09.05.2025.
O'qildi: 1011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик