Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Prevyu. “Navbahor” – “FarDU”

Prevyu. “Navbahor” – “FarDU”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi, guruh bosqichi, “E” guruhining 3-turidan o‘rin olgan bahsni "Navbahor" o‘z maydonida “FarDU” (Farg‘ona)ga qarshi o‘tkazadi.

“Navbahor” mazkur jamoa bilan ilk marotaba o‘yin o‘tkazayotgani bois, bo‘lajak raqib haqida muxlislarni to‘liqroq tanishtirish maqsadida, “FarDU” klubi tarixiga to‘xtalishga qaror qildik.

Farg‘ona davlat universitetining “FarDU” futbol jamoasi aslida sobiq ittifoq davrida tashkil topgan va Farg‘ona viloyati birinchiligi hamda boshqa turli musobaqalarda ishtirok etgan.

Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov tashabbusi bilan esa 2021 yildan boshlab, “FarDU”ga katta e’tibor qaratish boshlandi. Bundan asosiy maqsad, universitetda tahsil olayotgan talaba- yoshlarni keng miqyosda sportga jalb etish, futbol sport turining ommaviyligini yanada oshirish hamda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan edi.

Universitet qoshida tashkil etilgan futbol klubiga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor tez orada o‘z samarasini berdi, jamoa 2023 yilgi mavsumda Farg‘ona viloyatining ikkinchi ligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Mazkur natija “FarDU”ga Birinchi ligaga o‘tish turnirida qatnashish huquqini taqdim etdi hamda 2023 yil dekabr oyida Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan Birinchi ligaga o‘tish turnirida “FarDU” 3-o‘rinni egallab, 2024 yilgi mavsumdan O‘zPFL bayrog‘i ostida o‘tadigan Birinchi ligada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

“FarDU” 2024 yilgi mavsumda Birinchi liganing Sharqiy mintaqasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘arbiy va Sharqiy mintaqaning 8 ta eng kuchli jamoalari ishtirokida tashkil etilgan mavsumning yakuniy final bosqichi o‘yinlarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, debyut mavsumidayoq Birinchi liganing bronza medallariga ega chiqdi.

Jamoa joriy mavsumda Pro ligada qatnashmoqda va ayni paytda 5 ta uchrashuvda 1 tadan g‘alaba hamda durang, shuningdek, 3 ta mag‘lubiyatni qayd etgan holda, 4 ochko jamlab, 6 ta jamoa orasida turnir jadvalining 5-pog‘onasida bormoqda.

“FarDU”ning murabbiylar shtabida yaqin o‘tmishning taniqli futbolchilari - Sergey Lebedev va Abdusamad Do‘rmonovlar faoliyat olib borishmoqda. Jamoa tarkibida universitet talaba-yoshlari bilan bir qatorda Shukurali Po‘latov, Abduxoliq Qurbonov, Riza Ayvazov, Ibodjon Abelfazov, Sanjar Zokirov, Doston Rashidov, Nozimjon Bobojonov kabi tajribali futbolchilar ham harakat qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “FarDU” uchrashuvi bugun Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionida soat 19:15 da start oladi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 12:22, 14.05.2025.
O'qildi: 1155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик