Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Sergey Lebedev: “Mahoratli futbolchilar "Navbahor" g‘alabasiga munosib hissa qo‘shishdi”

Sergey Lebedev: “Mahoratli futbolchilar "Navbahor" g‘alabasiga munosib hissa qo‘shishdi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi, “E” guruhi, 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “FarDU” (3:1) uchrashuvidan keyigi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lebedev qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Farg‘onaliklar ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

—Menimcha, bugungi uchrashuv barcha muxlislarga manzur bo‘ldi. O‘yin yaxshi kechdi. Bellashuvning 1-bo‘limida bizda imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo ulardan foydalana olmadik. O‘yin chiroyli tarzda kechdi. Bizga biroz omad yetishmadi. “Navbahor”ni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman va jamoaga keyingi bahslarda omad yor bo‘lishini tilayman.

— Ikkinchi bo‘limda “Navbahor” tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar “FarDU”ning o‘yiniga qanchalik ta’sir o‘tkazdi? Boisi, jamoangiz 1-bo‘limda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ammo 2-bo‘limda tashabbus to‘lig‘icha mezbonlar tarafiga o‘tdi...  
– Albatta, mezbonlar tarkibida birdaniga 3 nafar asosiy tarkib futbolchilarining zaxiradan maydonga tushishlari ularning o‘yinida katta rol o‘ynadi.

Ushbu o‘zgarishlar maydon egalarining o‘yinida burilish yasadi, shuningdek, o‘zimizning xatolarimiz evaziga ham darvozamizdan to‘plar o‘tkazib yubordik. Mahoratli futbolchilar mezbonlar g‘alabasiga munosib hissa qo‘shishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:46, 15.05.2025.
O'qildi: 1167 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик