Kirish Ro'yxatdan o'tish

Valyexo faoliyatidagi 121 ta uchrashuvda ilk golli uzatmani amalga oshirdi

Valyexo faoliyatidagi 121 ta uchrashuvda ilk golli uzatmani amalga oshirdi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi himoyachisi Xesus Valyexo Ispaniya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan “Malyorka”ga (2:1) qarshi o‘yinda golli uzatmani amalga oshirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan 5-daqiqada u Xakobo Ramonga assistentlik qildi.

Opta xabariga ko‘ra, 28 yoshli ispaniyalik futbolchi faoliyatidagi ilk golli uzatmani amalga oshirgan. Buning uchun unga barcha musobaqalarda 121 ta o‘yin kerak edi.

"Real" hisobida 78 ochko bor va La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Barselona” bilan oradagi farq 4 ochkoni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:26, 15.05.2025.
O'qildi: 897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик