Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Nyukasl" "Kristal Pelas" himoyachisi bilan shartnoma imzolash uchun kurashda "Chelsi"ni ortda qoldirdi

"Nyukasl" "Kristal Pelas" himoyachisi bilan shartnoma imzolash uchun kurashda "Chelsi"ni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

Angliyalik himoyachi Mark Gexi yozda klubini o‘zgartirishi mumkin - TeamTalk xabariga ko‘ra, "Nyukasl" 24 yoshli futbolchi uchun kurashda favorit hisoblanadi va unga qiziqish bildirayotgan "Chelsi"ni ortda qoldirmoqda.

Angliya terma jamoasiga muntazam ravishda chaqirilayotgan Gexi "Kristal Pelas"dagi ishonchli o‘yinlari bilan e’tiborni tortdi.

U joriy mavsum 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, uning aktivida bitta qizil kartochka bor. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, markaziy himoyachining transfer narxi 45 million yevroni tashkil qilmoqda.

"Nyukasl" uni kelasi mavsum uchun mudofaa chizig‘ining asosiy kuchaytiruvchisi sifatida ko‘rmoqda.

Kiritildi: 17:20, 15.05.2025.
O'qildi: 925 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик