Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal"ning ikki futbolchisi raqamini o‘zgartiradi

"Arsenal"ning ikki futbolchisi raqamini o‘zgartiradi

Baho:
+ | -

Kecha "Arsenal" kelasi mavsum uchun yangi uy libosini taqdim etdi. Shu bilan birga, ular ikki futbolchi futbolka raqamlarini o‘zgartirishga qaror qilganini rasman tasdiqlashdi.

Ikki mavsum davomida "Arsenal"ning birinchi darvozaboni bo‘lib kelgan Rayyaga endi rasman 1-raqamli libos beriladi.

Rayaga tegishli bo‘lgan 22-raqamli futbolka endi "kanonirlar"ning yosh yulduzi Etan Nvaneriga nasib etadi.

Nvaneri joriy mavsumda “Arsenal”ning asosiy jamoasi safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:49, 16.05.2025.
O'qildi: 1415 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик