Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

APL klubiga Sane taklif qilindi

APL klubiga Sane taklif qilindi

Baho:
+ | -

"Bavariya" vingeri Leroy Sane amaldagi shartnomasi yakunlangach, Angliyaga qaytishi mumkin.

Avvalroq, 29 yoshli futbolchiga Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublari da’vogarlik qilayotgani, shuningdek, "Nyukasl" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. FussballTransfers xabariga ko‘ra, yaqinda germaniyalik futbolchining xizmatlari "Tottenxem"ga taklif qilingan. Futbolchi "Bavariya" bilan tugayotgan shartnomasini uzaytirmasa, erkin agent sifatida yangi jamoasiga o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Leroy Sane allaqachon Angliya Premyer-ligasida o‘ynagan: 2016 yildan 2020 yilgacha u "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan va u yerdan 49 million yevro evaziga Myunxen superklubiga o‘tgan.

Kiritildi: 08:36, 19.05.2025.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик