Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, "Liverpul" o‘zining markaziy himoyachisi Jarel Kvansani shu yozda sotish imkoniyatidan voz kechmayapti.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli angliyalik futbolchiga nomi oshkor etilmagan Premyer-liga va Bundesliga klublaridan qiziqishlar bor.
Joriy mavsumda u 25 ta o‘yinda maydonga tushdi. Mart oyida u Angliya terma jamoasiga debyut chaqiruvini oldi.













