Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal"ning ikki yetakchisi jarohatlar tufayli mavsumning so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yuboradi

"Arsenal"ning ikki yetakchisi jarohatlar tufayli mavsumning so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubining ikki yetakchi futbolchisi Angliya Premyer-ligasidagi so‘nggi o‘yinni jarohat tufayli o‘tkazib yuboradi.

"Kanonirlar" rasmiy saytida Uilyam Saliba va Yurrien Timber Angliya chempionatining 38-turidan o‘rin olgan "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmasligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. 24 yoshli fransuzda APLning o‘tgan turida "Nyukasl"ga qarshi kechgan bahsdan (1:0) keyin tizza osti payida muammo bor. 23 yoshli niderlandiyalik esa to‘pig‘idan operasiya qilindi.

Futbolchilarning tiklanish muddati aniq emas, ammo "Arsenal" ustozi Mikel Artetaning so‘zlariga ko‘ra, ular bir necha haftaga safdan chiqqan. Futbolchilar keyingi mavsumga tayyorgarlik jarayonida mashg‘ulotlarga qaytishlari kutilmoqda.

Kiritildi: 17:42, 21.05.2025.
O'qildi: 886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик