Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

“Barselona”da hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qancha muammolar bor

“Barselona”da hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qancha muammolar bor

Baho:
+ | -

“Barselona” klubi yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirishga bel bog‘lagan. Shuningdek, jamoa barcha pozisiyalardagi muammolarni hal qilishi kutilmoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, klub rahbariyati birinchi navbatda hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Asosiy nomzod — “Liverpul” futbolchisi Luis Dias. Agar bu transfer amalga oshmasa, unga muqobil variant sifatida “Manchester Yunayted” futbolchisi Markus Reshfordni sotib olishga urinib ko‘radi.

Himoya chizig‘ida bir nechta futbolchilarning kelajagi noma’lumligicha qolmoqda. Murabbiy Ronald Arauxoning jismoniy holatidan mamnun, biroq himoyachi doimiy tarzda asosiy tarkibda o‘ynashni xohlamoqda va bu muammo keltirib chiqarishi mumkin. Andreas Kristensen jamoadan ketishi aytilmoqda, Erik Garsiya esa turli pozisiyalarda foydali o‘yin ko‘rsatayotgani bilan murabbiyda yaxshi taassurot qoldirgan.

Yarim himoyada esa o‘zgarishlar Frenki de Yongning qolish-qolmasligiga bog‘liq. Darvozabon masalasi ham ochiq turibdi: agar Voytsex Shensni faoliyatini yakunlashga qaror qilsa, “Barselona” Mark-Andre ter Shtegenga munosib zaxira darvozabon qidiradi. Bu borada “Espanol” posboni Xuan Garsiya nomi tilga olinmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:00, 21.05.2025.
O'qildi: 4639 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.