"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 34-turidan o‘rin olgan "Al-Fateh"ga (2:3) qarshi bahsda gol urdi.
40 yoshli portugaliyalik 25 ta gol urib, mavsumning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Undan keyingi o‘rinda "Al Ahli"ning britaniyalik forvardi Ayven Toni bormoqda - 23 gol. Uchinchi o‘rinda 21 ta gol bilan Karim Benzema ("Al-Ittihod") va Abderrazak Hamdalla ("Al-SHabab") bormoqda.
Ronaldu ketma-ket ikkinchi mavsum Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi. U o‘tgan yili 35 ta gol urgan.













