Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Sanchoning kelajagiga Konferensiyalar finalidan so‘ng oydinlik kiritiladi

Sanchoning kelajagiga Konferensiyalar finalidan so‘ng oydinlik kiritiladi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan "Chelsi" vingeri Jeydon Sanchoning kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

"Ko‘klar" futbolchini ijara shartnomasida ko‘rsatilganidek sotib olishi yoki jarima to‘lab, "qizil iblislar"ga qaytarishi mumkin. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, "Chelsi" o‘z qarorini Sanchoga chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Betis"ga qarshi Konferensiyalar Ligasi finalidan so‘ng ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchini sotib olish "Chelsi"ga qariyb 30 mln yevroga tushadi, majburiyatdan voz kechish uchun esa taxminan 6 mln yevro to‘lashga to‘g‘ri keladi.

"Chelsi" Premyer-ligada to‘rtinchi o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasining navbatdagi mavsumiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 05:27, 28.05.2025.
O'qildi: 859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик