Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Zidanni hozircha katta miqdordagi pul ham qiziqtirmaydi, u kutmoqda...

Zidanni hozircha katta miqdordagi pul ham qiziqtirmaydi, u kutmoqda...

Baho:
+-1 | -

Zinedin Zidan Saudiya Arabistonidan tushgan foydali taklifni rad etdi.

U murabbiylik lavozimiga qaytishga shoshilmayapti.

L'Equipe xabariga ko‘ra, fransiyalik sobiq futbolchiga bir yillik shartnoma taklif qilingan va bu vaqt ichida u 100 million yevro ishlab olishi mumkin edi.

Afsonaviy sobiq futbolchi rad javobini berdi, chunki u faqat Fransiya terma jamoasida ishlashni xohlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan 2021 yilgacha "Real Madrid"ni boshqargan. 2026 yilning yozida, jahon chempionati yakunlanganida, Didye Desham Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketadi – Zidan uning o‘rniga asosiy nomzod sanaladi.

Kiritildi: 19:34, 01.06.2025.
O'qildi: 4948 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик