Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

FIFA.com: O‘zbekiston JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi

FIFA.com: O‘zbekiston JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Bugun FIFA rasmiy saytida O‘zbekistonning JCH-2026 ga chiqish imkoniyati haqida maqola e’lon qildi.

Jahon chempionatida doimiy qatnashib kelayotgan Braziliya (22 marta), Germaniya (20 marta) va Argentina (19 marta) kabi grandlardan farqli o‘laroq, FIFA’ga a’zo bo‘lgan 211 mamlakatning 62 foizidan ortig‘i hali-hanuz futbol olamidagi eng yirik musobaqada ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘lmagan.

Biroq, 2026 yilda ilk bor 48 jamoa ishtirok etadigan Jahon chempionati bu statistikani jiddiy o‘zgartirishi mumkin. Agar 2022 yil Qatar mezbon sifatida yagona debyutant bo‘lgan bo‘lsa, 2026 uchun dastlabki yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan yetti jamoa bundan avval ham JCHda ishtirok etgan. Ammo yaqin vaqtlarda tarixda ilk marta ishtirok etuvchi mamlakatlar soni ortishi kutilmoqda.

FIFA sayti 2026 yilgi Jahon chempionatida debyut qilish uchun asosli imkoniyatga ega bo‘lgan to‘qqizta mamlakat haqida ma’lumot berdi. Ularning ichida O‘zbekiston ham bor.

O‘zbekiston – “Oq bo‘rilari” tarix yaratish arafasida

FIFA reytingi: 57-o‘rin
Aholisi: 37 million nafar

Barxam topmagan orzu – bu O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etish istagidir. 2026 yildagi musobaqa esa ushbu orzunung amalga oshishi uchun eng real imkoniyat bo‘lib turibdi.

2024 yil mart oyidagi Tehrondagi dramatik durang (2:2) natijasida, Eron terma jamoasi so‘nggi 7 daqiqada kiritgan gol orqali keyingi bosqichga yo‘l olgan va bu holat vaqtincha bo‘lsa-da, O‘zbekistonning chempionatda qatnashish orzusini kechiktirgan edi.

Shu bilan birga, Timur Kapadze boshqaruvidagi “Oq bo‘rilari”ning imkoniyatlari hali ham yuqori. Ular Jahon chempionati saralash bosqichi A guruhida 5 g‘alaba va 2 durang bilan 8 uchrashuvdan so‘ng BAAdan 4 ochkoga ustun holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Eng muhimi, ular uchun tarixiy marra sari qadam tashlash uchun faqatgina yana 1 ochko yetarli — buning uchun esa Abu-Dabida BAAga qarshi o‘yinda durang qayd etishning o‘zi kifoya.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda birinchi marta Jahon chempionatida ishtirok etish uchun juda yaqin turibdi. Mustaqillikning 30 yilidan oshiq davrida orzu bo‘lib kelgan ushbu marra bu safar amalga oshishi mumkin. FIFA ham buni e’tirof etib, rasmiy saytida O‘zbekistonni debyutga yaqin turibdigan yetakchi nomzodlar ro‘yxatiga kiritdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:28, 02.06.2025.
O'qildi: 6808 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.