Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Avstraliyalik 34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi. Bu haqda UPI xabar bermoqda.

34 yoshli avstraliyalik Oliviya Vinsonning aytishicha, rekordni yangilashni unga eri va murabbiyi taklif qilgan ekan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u dastlab “bu imkonsiz deb o‘ylab, kulib yuborgan”. O‘sha paytdagi rekord bir kunda 4081 marta tortilish edi. Bu rekordni 2021 yilda polshalik Paula Gorlo o‘rnatgan.

Biroq bir oz vaqt o‘tgach, avstraliyalik ayol “hisob-kitob qilib ko‘rib”, rekordni yangilashi mumkinligiga ishonch hosil qilgan.

Vinson birinchi urinishni 2024 yil sentyabrida, uch oylik mashg‘ulotlardan so‘ng amalga oshirgan. Yarim yo‘lda u jarohatlanib, bilak mushaklari payi cho‘zilgan va to‘xtashga majbur bo‘lgan.

Shundan so‘ng Vinson ikki oy davomida sog‘ligini qayta tiklab, yana bir necha oylik mashg‘ulotlardan so‘ng, ikkinchi urinishni amalga oshirgan va bu safar muvaffaqiyatga erishgan.

Vinsonning aytishicha, 19 soatlik tortilishdan so‘ng u “kuchli ko‘ngil aynishni his qila boshlagan”.

“Menimcha, bu haddan tashqari charchaganimdan bo‘lgan. Men shunchaki vazifani iloji boricha yaxshiroq bajarishim kerak edi. Tanam bardosh bera oladimi, degan xavotirda edim”, deydi sportchi.

Natijada u 24 soat ichida 7079 marta tortilishga erishgan. Ya’ni u bir daqiqada o‘rtacha besh marta tortilgan.

“Sport bilan shug‘ullanishni endi boshlaganimda o‘zim uchun imkonsiz deb bilgan natijalarga erishdim. Menimcha, mumkin bo‘lgan chegaralarni kengaytirishda chuqur insoniy tabiiylik bor”, deydi Vinson rekordni yangilaganidan so‘ng.

Mart oyida 108 yoshli yaponiyalik Shisui Xakoisi sartarosh bo‘lib ishlayotgan dunyodagi eng keksa ayol deb tan olindi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi.

Mat oyi o‘rtalarida esa professional sirk artisti, sochidan osilib turish bo‘yicha mutaxassis, 39 yoshli Leyla Nun Ginnes rekordini yangiladi. U o‘zining sochidan 25 daqiqa 11,3 soniya davomida osilib turgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:40, 03.06.2025.
O'qildi: 920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик