Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bayer" "PSJ"dan yangi futbolchi sotib oldi

"Bayer" "PSJ"dan yangi futbolchi sotib oldi

Baho:
+ | -

Leverkuzenning "Bayer" klubi 17 yoshli himoyachi Aksel Tapning "Pari Sen-Jermen"dan transferini e’lon qildi.

Fransiyalik futbolchi erkin agent sifatida Germaniyaga ko‘chib o‘tdi va klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. O‘tgan haftada Tap "PSJ" U19 jamoasi safida Fransiya chempioni bo‘ldi. Bundan tashqari, u 2024/25 yilgi mavsumda parijliklarning asosiy jamoasi safida uchta o‘yinda maydonga tushdi.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, transfer tovon pulisiz amalga oshirilgan. "Bayer" yosh futbolchining asta-sekin asosiy jamoaga qo‘shilishiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 11:31, 12.06.2025.
O'qildi: 973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик