"Yuventus" o‘ng qanot himoyachisi Andrea Kambyaso jamoa bosh murabbiyi Igor Tudorning ishiga baho berdi.
"Murabbiy maqsadga erishdi - Chempionlar Ligasiga yo‘l oldi va shu tariqa shartnomasini uzaytirishga loyiq bo‘ldi. U tajribalar uchun vaqt bo‘lmagan vaziyatda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi", - dedi italiyalik futbolchi.
Kambyaso o‘tgan mavsumda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning narxi 40 million yevroga baholanmoqda.













