Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Bugun KO‘JCHda o‘zbek hakamlari ishlaydi

Bugun KO‘JCHda o‘zbek hakamlari ishlaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Amerika Qo‘shma Shtatlarida futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqich uchrashuvlari qizg‘in pallaga kirmoqda.

Musobaqaning “C” guruhidan o‘rin olgan “Boka Xuniors” va “Benfika” jamoalari to‘qnashuvi 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Keskin va murosasiz o‘tgan ushbu o‘yinda uchrashuv bosh hakami meksikalik Sesar Ramos jami uch marta qizil kartochka ko‘rsatdi.

Shu tariqa mazkur uchrashuvdan so‘ng “S” guruhida “Bavariya” kechagi yirik g‘alabasidan so‘ng 3 ochko bilan birinchi pog‘onaga chiqib olgan bo‘lsa, bugungi o‘yinda durang natija qayd etgan “Benfika” va “Boka Xuniors” 1 ochkodan jamg‘arib, 2-3 o‘rinni egalladi. “Oklend Siti” esa so‘nggi o‘rinda qoldi.

“D” guruhida “Chelsi” klubi 2:0 hisobida "Los-Anjeles" klubini mag‘lub etdi. Guruhning ikkinchi bahsida “Flamengo” 2:0 hisobida “Esperans” jamoasidan ustun keldi. Ushbu o‘yin natijasiga ko‘ra, “Flamengo” va “Chelsi” 3 ochko bilan 1-2 o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, mag‘lub bo‘lgan "Los-Anjeles" hamda “Esperans” 3-4 o‘rinda qoldi.

Bugun, 17 iyun kuni “F” guruhida “Fluminense“ – “Borussiya Dortmund” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Mamlakatimiz vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadigan ushbu uchrashuvni hamyurtimiz Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi. Guruhning ikkinchi o‘yini – “Ulsan” va “Mamelodi Sandaunz” klublari o‘rtasida kechadi. Bahs 18 iyun kuni tonggi 03:00 da start oladi.

Shuningdek, ertaga “E” guruhida “River Pleyt” – “Urava Red Daymonds”(00:00), “Monterrey” va “Inter” (06:00), “G” guruhida esa tarkibida Abduqodir Husanov bo‘lgan “Manchester Siti” va “Vidad” klublari o‘zaro raqobatlashadi. Ushbu uchrashuv 21:00 da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:10, 17.06.2025.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.