Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" ustozi Kivu durangdan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

"Inter" ustozi Kivu durangdan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoaning "Monterrey"ga (1:1) qarshi o‘yindagi harakatlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ruminiyalik mutaxassisning "neradzurrilar" boshchiligidagi debyuti klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining 1-tur o‘yiniga to‘g‘ri keldi. Milan jamoasining yagona goliga 43-daqiqada Lautaro Martines mualliflik qildi va hisobni tenglashtirdi.

"Birinchi bo‘limda hisobda ortda qolayotgan bo‘lsak-da, yaxshi o‘ynadik. Biz aqlliroq harakat qilishimiz va tez-tez ofsaydga tushib qolmasligimiz kerak edi. Ikkinchi bo‘limda tempni pasaytirdik, ammo baribir bir nechta vaziyatlar yaratdik - raqib darvozasi oldida tajovuzkorlik yetishmadi," - dedi joriy oyda Simone Indzagining o‘rniga kelgan Kivu DAZN'ga bergan intervyusida.

Kiritildi: 12:46, 18.06.2025.
O'qildi: 890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик