Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Inter" Chalxano‘g‘lining o‘rnini Braziliya terma jamoasi a’zosi bilan to‘ldirishi mumkin

"Inter" Chalxano‘g‘lining o‘rnini Braziliya terma jamoasi a’zosi bilan to‘ldirishi mumkin

Baho:
+ | -

"Atalanta" yarim himoyachisi Ederson Milanning "Inter" klubi radarlariga tushib qoldi.

"Neradzurrilar" Xakan Chalxano‘g‘lidan ayrilishi mumkin: 31 yoshli xavbek allaqachon "Galatasaroy" bilan kelishib qo‘ygan. Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Ederson "Inter" tomonidan tajribali turkiyalik o‘rniga nomzodlardan biri sifatida ko‘rsatilgan.

Braziliyalik futbolchining Transfermarkt portalidagi narxi 50 mln yevroga baholanmoqda. "Atalanta"ning 25 yoshli yulduziga avvalroq "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgan edi.

Xakan Chalxono‘g‘lining "Inter"dagi ehtimoliy o‘rinbosarlari qatorida "Lasio" vakili Nikolo Rovella ham bor, u xuddi shu Transfermarkt portali tomonidan 30 mln yevroga baholangan.

Kiritildi: 07:38, 20.06.2025.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.