Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Semenyoning narxi "Tottenxem"ni cho‘chitib yubordi

Semenyoning narxi "Tottenxem"ni cho‘chitib yubordi

Baho:
+ | -

Londonning "Tottenxem" klubi hujum chizig‘ini kuchaytiruvchi futbolchi qidirishni kuchaytirdi va "Bornmut"ning asosiy futbolchilaridan biri - Antuan Semenyoga e’tibor qaratdi.

Bu haqda The Athletic yozmoqda. Manbaga ko‘ra, "shporlar"ning yangi ustozi Tomas Frank 25 yoshli vingerda hujum chizig‘ini yangilash uchun munosib nomzodni ko‘rmoqda. Shu bilan birga, "Bornmut" o‘z futbolchisini 81,6 million yevroga baholamoqda, bu esa ehtimoliy transferni juda qimmatga tushiradi.

Semenyo avvalroq "Manchester Yunayted" short-listidan o‘rin olgandi, ammo hozirda aynan "Tottenxem" eng faol qiziqish bildirmoqda. Londonliklar parallel ravishda boshqa yo‘nalishlarda ham ish olib bormoqda - avvalroq OAVda "Brentford" forvardi Brayan Mbeumoga qiziqish borligi, u ham "MYU" e’tiboriga tushgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Kiritildi: 12:05, 21.06.2025.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик